Boda tut, soqiy, rahi mayxona ko‘rguzgil manga...

Boda tut, soqiy, rahi mayxona ko‘rguzgil manga...
by Ma’dan
333500Boda tut, soqiy, rahi mayxona ko‘rguzgil manga...Ma’dan

Boda tut, soqiy, rahi mayxona ko‘rguzgil manga,.
Barqi istig‘noyi ishrat yona ko‘rguzgil manga.

Charxdin kom istamak ermas bani odamga qurb,
Muttaqoyi ishqdin afsona ko‘rguzgil manga.

Vodiyi hijrona chekkan ranjdin o‘lmam malulg
Suhbati chug‘z istaram vayrona ko‘rguzgil manga.

To nuzul o‘ldum, qadahdin dayr aro bo‘ldum xumor
Soqiyo, rahm aylagil paymona ko‘rguzgil manga.

Qatrai ashkimni to‘foni jununsoz aylagil,
Ma’rifat daryosidin durdona ko‘rguzgil manga.

Shomi hijron uzra ko‘nglum zohiri ermish xomush,
Shohsori subhdin uyg‘ona ko‘rguzgil manga.

Har qachon bazm ahlidin qat’i taalluq aylaram,
Bori g‘amdin sog‘ari rindona ko‘rguzgil manga.

Ishqdur, Ma’dan, rafiqim vaqti g‘am tug‘yonida,
Paykarim uryoni g‘am parvona ko‘rguzgil manga.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse