Haramdin chiqti ul sarvi gulandomim xirom aylab...

Haramdin chiqti ul sarvi gulandomim xirom aylab...
by Ravnaq Pahlavonquli
333172Haramdin chiqti ul sarvi gulandomim xirom aylab...Ravnaq Pahlavonquli

Haramdin chiqti ul sarvi gulandomim xirom aylab,
Jahonni shu’lai ruxsoridin o‘rtab, tamom aylab.

Ochib oy orazin gul-gul tamoshoi jamolidin,
Guliston ayladi g‘amgin ko‘ngulni shodkom aylab.

Namoyon etti ruxsor uzra mushkin donai xolin,
Musalsal sochlari jon qushlari tubig‘a dom aylab.

Na kofirdur ko‘zungkim, ahli din qonin ichar hardam,
Chekib tiyg‘i g‘azab bedod etardin qatli om aylab.

Emas ko‘k domani uzra shafaqkim chashmi jalloding,
Ulus qonin to‘kardin oni go‘yo la’lfom aylab.

Sharobi la’lidin ul oy azal subhida ko‘nglumni,
Xiromi mast qildi, gardishi chashmini jom aylab.

Erur mansux ul kundin beri afsonai Majnun,
Chu tushtum vodii ishq ichra tarki nangu nom aylab.

Falak soqiysidin jomi tarab ko‘z tutmakim, har kun
Qo‘yar qatling yuzi zahri ajaldin talxkom aylab.

Rabotedur jahon, Ravnaq, o‘tar el korvon yanglig‘,
Muningdek rahguzarda bo‘lmag‘ay turmoq maqom aylab.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse