Kimki saning aybingni aytur sanga...

Kimki saning aybingni aytur sanga...
by Poshshoxoja
333525Kimki saning aybingni aytur sanga...Poshshoxoja

Kimki saning aybingni aytur sanga,
Shafqat ila lutfu karam qil anga.

Do‘stung uldur, ani taxqiq bil,
Harna desa, so‘zini tasdiq qil.

Ulki demas hak so‘zinu yashirur,
Makru hiyal birla qoshingda yurur….

Qilma anga marhamatu iltifot,
Kim yo‘q aning hech ishida sabot.

Rost so‘z ar tab’inga kelsa yomon,
Dema yomonki, erur ul no‘shi jon.

Bu olamdin vafoyi ko‘rmadim hech,
Tiriklikdin safoyi ko‘rmadim hech.

Chu foniydur bu garduni mudavvar,
Ki bo‘lg‘usidur oxir olam abtar.

Bu damkim, bordur umrimda boqiy,
Bo‘loy dedim bu bazm, ahlina soqiy.

Qilib tartib bir necha hikoyat,
Hikoyat ahlidin aylay rivoyat.

Va gar yaxshi, yomon ham bo‘lsa bore,
Ki bizdin so‘ngra bo‘lg‘oy yodgore.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse