Mustafoga dunyo vafo qilmadi...
Mustafoga dunyo vafo qilmadi,
Zikriyoga dunyo vafo qilmadi,
Anbiyoga dunyo vafo qilmadi,
Avliyoga dunyo vafo qilmadi.
Abu Bakru Umar, Usmon, Alini,
Zuhra birlan Hasan, Husayn al valini,
Oldi ajal barcha mursal-nabini,
Murtazoga dunyo vafo qilmadi.
Qayon ketti o‘ttuz uch ming sahoba
Kim, yuttilar hasrat birla xunoba,
Dunyo erur bir raboti xaroba,
Rahnomaga dunyo vafo qilmadi.
G‘avsul A’zam avliyolar rahbari,
Ul Muhammad ummatini g‘amxori,-
Masihoga jon bag‘ishlar guftori,
Muttaqoga dunyo vafo qilmadi.
Tohirni ko‘r, Zuhroga dil bog‘ladi,
Ishq o‘tig‘a yurak-bag‘rin dog‘ladi,
Tig‘ ustida o‘lmoqlig‘in chog‘ladi,
Ul shahloga dunyo vafo qilmadi.
Ul Mavlaviy Jomiy bilan Hamdamim,
Mirzo Husayn der erdilar mahramim,
Bahrom aytur, dilu jon-Gulandomim,
Haziniyga dunyo vafo qilmadi.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|