Ruxsorin ochib bir pari keldi bu tun bazmim aro...

Ruxsorin ochib bir pari keldi bu tun bazmim aro...
by Muhammad Rahimxon Feruz
332682Ruxsorin ochib bir pari keldi bu tun bazmim aro...Muhammad Rahimxon Feruz

Ruxsorin ochib bir pari keldi bu tun bazmim aro.
Boshdin oyoqi bor ekan mehru vafo, nozu ado.

Chiqsa falakka har sahar ohu fig‘onim, ne ajab,
Aylar fuzunroq har kecha ul oy menga javru jafo.

Bilmon, ne ofat erdi ul bo‘lg‘och nazarga jilvagar,
Aqlu xirad, islomu din o‘ldi bori mendin judo.

Joning uchun har dam manga ko‘rguz tarahhum, ey pari
Kim, sabru toqat qolmadi javring chekib subhu maso.

Oydek yuzungning partavi tushsun karo kulbamg‘a ham,
Ko‘yg‘il qadam, ey mahliqo, ochib uzori dilkusho.

Ne sud, tole’ bo‘lsa gar yuz oyu kun, har subhu shom,
Nechunki bor Feruzg‘a mehru jamoling muddao.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse