Ul sho‘x dardi boisi qilding gazandni...

Ul sho‘x dardi boisi qilding gazandni...
by Bayramxon
333567Ul sho‘x dardi boisi qilding gazandni...Bayramxon

Ul sho‘x dardi boisi qilding gazandni,
Kuydurdung, ey sipehr, meni dardmandni.

Tan mijmarida xasta ko‘ngul pora-pora, bas,
Daf’i gazand uchun netay o‘zga sipandni.

Ul qadki, husn gulshanida bo‘ldi sarfaroz,
Lutf ichra past ayladi sarvi balandni…

Bayram kamoli mashrab erur, tarki tavba qil,
Topsang harif bir necha yori lavandni.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse