«Ko‘mak»ga ko‘mak

«Ko‘mak»ga ko‘mak (1923)
by Abdulhamid Choʻlpon
334283«Ko‘mak»ga ko‘mak1923Abdulhamid Choʻlpon

Turli mamlakatlarning oliy va o‘rta maktab­lariga Turkis­ton yerlik xalq bolalarini to‘lg‘azmoq maqsadi bilan qurulg‘an «Ko‘mak» uyushmasining bosh idorasi so‘ng vaqtda butkul so‘nib ketdi. Markazda ahvol shu ko‘chada ekan, mahallalarda «Ko‘mak» uyushmalarining yaxshi ishlar bosh­lag‘anliqlari onglashiladir.
Agar Samarqandda chiqaturg‘an «Zarafshon» rafiqimizning mahalliy xabarlarini ta’qib qilib borsak har sonida deguluk «Ko‘mak»ning faoliyati to‘g‘risida xabarlar o‘quymiz, o‘quymiz-da suyunamiz.
«Zarafshon»* rafiqimizning keyingi (37) sonida o‘rtoq A.Ismoilzoda «Ko‘makka ahamiyat beraylik» degan sarlavha bilan bir bosh maqola yozib, «Ko‘mak»ni: «Jaholat bilan kurash maydonida bilimsizlikka qarshi xalqning o‘z ichidan chiqqan bir qahramondir», – deb ta’rif qilg‘andan so‘ng qahramonning vazifalariga ko‘chub deydir: «Har bir kurash maydonida ul kurashni boshqarg‘uchi shtabning (bosh qarorgohning) zo‘r vazifalari bo‘lg‘anidek, shunga qarata o‘zi ham ahamiyatga molik sanaladir. Ishtabning to‘g‘ri va har tomondan yaxshi yo‘lg‘a qo‘yulishidan muvaffaqiyat kutuladir».
O‘rtoq Ismoilzoda ul maqolasida Samarqand «Ko‘mak» uyushmasining so‘ng kunlarga qadar bo‘lg‘an mavjud niyatidan norozidir. Ul o‘zining bu norozilig‘ini: «Ko‘makning ahamiyatini boshqa yerlarda xalq bir qadar tushungan bo‘lsa ham, bizning Samarqand viloyatida hozirg‘a qadar kerak darajada tushuntirolmagan, «Ko‘mak» uyushmasi uzoqdan yo‘q kabi ko‘runadir», – degan so‘zlar bilan onglatadir. Lokin Samarqand «Ko‘mak»i so‘ng vaqtda xiyla jonlang‘an, yaxshi, yaxshi, jiddiy, jiddiy qadamlar bosqandir. Buni biz «Zarafshon»da o‘qub bila edik. Buni o‘rtoq Ismoilzoda o‘zi ham: «…har nima, so‘ng vaqtlarda ba’zi maorifparvar o‘rtoqlarning tashabbusi bilan bir qadar yo‘lg‘a qo‘yuldi. Chetdagi talabalarga mumkin qadar yordam ham bo‘ldi», – degan so‘zlar bilan e’tirof qiladur.
«Ko‘mak» uyushmalari mahallalarda tirilib, jonlanib ket­dilar. Markazda esa uning sira tovushi chiqmaydir. Bu g‘ay­ritabiiy va balki bir oz uyat-da…


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"