«Oʻzbek qizi» uchun

«Oʻzbek qizi» uchun (1920)
by Abdulhamid Choʻlpon
335055«Oʻzbek qizi» uchun1920Abdulhamid Choʻlpon

Goʻruyorum: Her bir eling gogunde,
Yilduzlari paril-paril yanryor,
Yildizlaring yere sachan nurini
Her bir insan iche-iche kaniyor.

Gulshan yoʻq ki kadin guli achmasun.
Bakcha yoʻq ki kadin bulbul otmesin.
Yer yoʻq ki kadin isi sachmasun.
Gongul yoʻq ki kadin maftun etmasun.

Her milleting gulshanida gullari
O milleting kadinleri, kizlari:
Her milleting haq suydigi bir yolu
Kadinligin basmish olan izidir.

Hich milletda kadinlarin o goʻzel
Chehreleri perdelere girmiyor.
Hich milletde ……… haʼin el
Kadinlara gʻazab ila ermiyor.

Her nereye girdim isem: karshimda
Kadinlari achik yuzde bulurum;
Hatirlarim: Kapahdir yurdumda,
Oʻzbek kizi kaygʻulara dolarim,
Bogʻulurum
Oʻlurum…
Siyah perde bilir misin? – O alchak
Eski dunya seni bize birakmish.
Erkli olan kadinlarin bashina
Din isminden esirligi o taqmish.

Koʻz aldinda eski dunya o buyuk
Saltanati shevket ile oʻliyor.
Oʻlmesine iblislerdir agʻlayan
Meleklerse goʻk yuzinde guluyor.

Sen de onung mirasisin ey perde,
Kalamazsin azad olan bu yerde,
And ichrim: Esir Oʻzbek kiz ichun,
Shimde burda yalniz mezar seningchun.
Bir mezar ki, tashlarindan yash damlar
Tash ichinde Oʻzbek kizi – hep agʻlar.

1920 yil Avgust, Baku.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"