«Sho‘royi islomiya»ning xatosi

«Sho‘royi islomiya»ning xatosi (1917)
by Abdurauf Fitrat
334353«Sho‘royi islomiya»ning xatosi1917Abdurauf Fitrat

Maqolamizning shu unvoni, o‘quvchilarimizning hayrat va taajjublarig‘a sabab bo‘lsa kerak. Uzimizdag‘i shul maqolani buyuk bir hayrat va taajjub ichinda yozib turibmiz. Masala shu:

«Sho‘royi islom» jamiyatining saylov to‘g‘risinda «uy egalari» otli bir rus partiyasi bilan ittifoq qilg‘anini barchamiz bilib oldik endi, Mashhur so‘zlarg‘a qarag‘anda, shul ittifoq ikki musulmon, bir rus tartibi o‘zaro bog‘langan. Muning ma’nosi shuki, «Sho‘royi islom» o‘z ro‘yxatig‘a elli(q) musulmon va yigirma besh rusni, ikki musulmon bir rus qilib yozadir. Saylov kuni «Sho‘royi islom» tarafdorlari bo‘lg‘an musulmonlar bilan «uy egalari» tarafdorlari bo‘lg‘an ruslar shul sho‘roning ro‘yxatig‘a tavush berurlar va natijada masala 15 galos olinsa, 5 tasini ruslarga berib, 10 tasini musulmonlar olurlar.

Tunov kuni mutafakkir bir do‘stim bilan shul to‘g‘rilarda gapurib o‘tirg‘an edim. Do‘stim haqli bir suratda «Sho‘royi islom»ning shul ittifoqini tanqid qildi, dedikim:

Samarqand saylovig‘a qushilaturg‘anlar; musulmondan (xotunlar hisob emas) o‘nolti ming, juhud ikki ming besh yuz, rus o‘n bir ming besh yuz, hammasi o‘ttiz ming kishi bo‘lur. Shul o‘ttiz ming kishini yetmish besh galosiga taqsim qilsak, har to‘rt yuz kishiga bir galosi tushar. Emdi shunisi ham ma’lumdirki, saylovg‘a qo‘shilaturg‘an o‘n bir ming besh yuz rusning hammasi «uy egalari» partiyasiga dohil emaslar. Chunki ruslar orasinda «uy egalari» partiyasidan boshqa to‘rt-besh partiya bordur. «Uy egalari» partiyasi g‘ayrat qilsa, o‘n bir ming besh yuz rusdan ikki mingini o‘z tarafiga ola bilur.

Faraz qilaylikki: sho‘ro jamiyati shul saylovda o‘z tarafig‘a, o‘z ro‘yxati uchun ikki ming musulmon tovushi ola bilsun. «Uy egalari» partiyasining o‘ttiz besh galosi tushar. Endi ittifoq yuzindan sho‘ro jamiyatining o‘zi shul o‘ttiz besh galosdan o‘n ikki ming musulmon tovushi olur 24 galosni; «uy egalari» partiyasiga ikki ming rus tovushi uchun berur o‘n bir galosni!

Holbuki, ayri-ayri spiska bo‘lg‘anda «Sho‘royi islom» o‘n ikki ming musulmon tovushi uchun 30 galosni va «uy egalari» partiyasi ikki ming rus tovushi uchun besh galosni olur edi. Mana shul hisob yuzindan Sho‘ro jamiyatining shul qilg‘an ittifoqi musulmon haqig‘a zararlidir, chunki olti musulmon galosining yeri ruslarg‘a o‘tgan bo‘lur.

Do‘stimning bu hisoblarini eshitgach, hayratda qoldim. «Ajabo, Sho‘ro jamiyati nechun shuni tushunmaydi?» dedim va chiqib keldim. Sho‘ro shu masalani tushunmag‘an bo‘lsa, millatning o‘zi tushunsin va ortuq qaysi no‘mir ro‘yxatg‘a tovush bermak kerak edigini tayin etsun.

«Hurriyat», 1917 yil, 5 sentyabr, 36-son


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"