«Tayoq» (1918)
by Hoji Muin
334424«Tayoq»1918Hoji Muin

Ko‘b vaqtdan beri millatimni taraqqiy etdirub, boshqa millatlarg‘a o‘xshash osmong‘a uchurmoq niyati oliyasi ko‘nglimda o‘runlashib, muning uchun turli yo‘llar bilan tirishib ko‘rdim. Lekin bu baxtsizlig‘imdan barcha tadbir va hamma xidmatim foyda etmay, bo‘shg‘a ketdi. Ya’ni mil-latimni ko‘klarg‘a uchurmoq nari tursun, loaqal ko‘rlarning asokashidek ani dangasalik vodiysindan uch-to‘rt qadam yetaklab bir chetga chiqarmoqqa ham muvaffaq bo‘lolmadim. Menga o‘xshash boshqa yo‘ldoshlarim ham bu to‘g‘rida biror turli muvaffaqiyat ko‘rolmadilarki, bu shay meni g‘oyat chuqur o‘ylamakga majbur etdi. Bir necha yil ko‘knorilardek o‘ylab yurgandan so‘ng oxiri muvaffaqiyatsizligimning sabablarini topdim. Ya’ni millatni bo‘yni yo‘g‘onliq uyqusindan uyg‘otib ko‘zini ochturmoq yo‘lini bilib oldim. Shunchasini ham aytmasdan, maqsadg‘a kirisha olmaymankim, manim bu zo‘r kashfiyotimg‘a «ilmi ahvoli ruh» fani yaxshig‘ina yordam etdi.

Mana, sizga haqiqat! Bizning musulmonlar, boxusus turkistonlilar dangasa, bo‘yniyo‘g‘on, muflis, mutakkabir, g‘alati bir jonvor ekan. Bu jonvorlarni turli buzuqliklardan chiqarib inson qatoryg‘a kirguzmak, ikkinchi bir iborat bilan aytganda, xushyoqmaslik uyqusindan uyg‘otib, qo‘zini ochturmoq uchun «Tayoq»dan boshqa narsa kerak emas ekan.

Men bu ishni bir necha martaba tajriba etib yaxshi natijasini ko‘rdimki, xalqni hushyor etmak uchun «Tayoq» afandi zo‘r omil va muassir ekan. Mana shuning uchun «Tayoq» otinda hajviy bir g‘azeta chiqarmoqqa qaror berdim.

«Tayoq»ning maqsad va maslagi:

To‘g‘riliq va xalqni to‘g‘ri yo‘lg‘a solmoq bo‘lub, ul hech kimga va hech bir quvvatg‘a bo‘yun egmasdir. Ul yolg‘iz chin insoniyat va haqqoniylik qoshinda ehtirom bilan teng turadir.

«Tayoq» to‘g‘riliq yo‘linda zo‘raki boylardek sinib mayda-chuyda bo‘lub ketgancha o‘z vazifasini ado etadir, ammo egrilikni hech vaqt qabul etmaydir.

So‘zning qisqasi, «Tayoq» to‘g‘rilar uchun asoi huzur, egrilar uchun zulfiqori Alidir.

Bukun o‘quvchi afandilarg‘a haqiqat so‘zidan bir-ikki kalima arz etib so‘zni bituraman, mundan so‘ngrada yozib turmoqni rioya etaman.

Boturbek

«Mehnatkashlar tovushi» gazetasi, 1918 yil, 19 noyabr


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"