«Tayoq»ning nasihati
«Jarchi» bolam, erka qo‘zim, har ishingni bilib qil,
Erkalikni menga qilg‘in- matbuotga qilmag‘il!
Sen yosh hali, tajribang oz, yozg‘oningni tuzatdur,
Nuqsoningni aytganlarga haqsiz o‘pka etmagil!
«Jarchi» o‘g‘lim, «cho‘g‘ul» bo‘lib haq yo‘lidan ayrilma,
Garchi oting «Jo‘g‘ul» bo‘lsa, o‘zing to‘g‘rilag‘ul bo‘l!
To‘siqliklar ko‘rarsang-da, o‘z yo‘lingdan burilma,
Otang o‘lur haq yo‘lida, sen ham uning kabi o‘l!
Gapning tubin bilmay nega dodu faryod qilasan?
Aslin bilsang, otang saning boshg‘inangni silaydir.
Achchig‘lanib chol otangning o‘lmagini so‘raysan,
Qaysi bola otasining o‘limini tilaydir!
«Zarafshon» gazetasi, 1923 yil, 1 mart
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|