«Uyg‘onish» (1923)
anonim
334769«Uyg‘onish»1923anonim

Yosh shoirimiz Cho‘lpon tomonidan yozilg‘an she’rlardan to‘plab tuzilgan “Uyg‘onish” majmuasi Davlat nashriyoti tomonidan bosilib chiqib sotilishga qo‘yildi. Majmua bir necha boblarga bo‘linib, har bob bir necha she’rlardan iboratdir.

Tuzilishi va bosilishi juda nafis va she’riyat muhiblarining ko‘ngillariga mufoqdir.

Turmush g‘avg‘olari, qo‘zg‘olon va o‘zgarish to‘lqinlari bizning eskilik quchog‘ida va belgusiz xurofiy saodat umidida yong‘an xalqimizga o‘zbekning qo‘pol va qattig‘ haqiqatini ko‘rsatti. Tinch bir kechish va xayoliy fikr va tuyg‘ular bilangina yashamoq davrining o‘tganligini va yelish-yugurishlik, tinchsizlik zamonining boshlaganlig‘ini achchiq bir suratda sezdirdi.

Turmushimizda o‘zgarish boshlandi. Shoirlarimiz gul va bulbul madhi o‘rnida zamon va muhit kuylarini o‘qumoqqa boshladilar.

Adabiyotimizning “rohat” davri haqiqatning “qayg‘u”lariga alishlandi. Yaqin kunlardagi uyku, bilmaslik, sezmaslik to‘shagidan ko‘tarilgan xalqimiz hayot quyoshining issiq va achchiq nurlari ostida o‘zining ko‘zlarini uqalamoqqa kirishdilar. Xayoldan haqiqatga o‘tish davri o‘rganish kunlarining yuragiga ilk bergan tuyg‘ular umidsizlik, o‘ksinish, aldanish shaklida og‘izlardan to‘kuladir:

Nechuk ochildi ko‘zim, qayg‘a ketdi uyqularim,

Bu uyg‘onishda to‘lub toshdi-oshdi qayg‘ularim…

Mana bu o‘kunish, koyish, umuman bir umidsizlik (pyessimizm) bizning so‘ngg‘i davr adabiyotimizning ko‘zga ko‘rinarlik va haqiqatan achinarliq xususiyatidir.

Sharq o‘zbekning eski, xurofiy va xayoliy kunlarini kechirib, zamon va makonning haqiqat davrini boshladi. Har bir ishimiz, yurushimiz-turushimiz, gapimiz-so‘zimiz, hammasi ham yangi davrning yangiliklari bilan birgadir. Faqat bu yangiliklar bizga eng avval o‘zining achchig‘ini, qo‘pollig‘ini sezdiradir.

Nima qilmoq kerak, haqiqatning achchig‘lig‘ini bilmagan bormi?

(Imzosiz)

“Turkiston” gazetasi 1923-yil 23-mart.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"