Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas (Do’iy)
Tarki suhbat qildilar ul vaqtkim dilxohlar,
Hajr chohida chekarmiz nolai jonkohlar,
Holi kayfin fahm etar naql etsalar hamrohlar,
Ulki solg‘ay shu’la a’zosig‘a o‘tlug‘ ohlar,
Qayda bilgay kuymakin zarbaft kiygan shohlar.
Uysiz ummollar ishlar ma’olin bilmagay,
Nuru zulmat, ranju mehpatnipg zavolin bilmagay,
Mastlar bechoralarning ashki olin bilmagay,
Bag‘ridin qon tomg‘uchi ushshoq zaxmin bilmagay,
Tiyg‘idin qon tomg‘uchi berahm oliy johlar.
Eyki, kirding ishq maydonig‘a do‘ngil tezkim,
Har qadamda yetkirur boshinga rustoxezkim,
Ishq dashtidur ajab dardu balo angezkim,
Shiddatin Farhod qilg‘ay fahm, yo‘q Parvezkim,
Dardni xokiylar onglar, yo‘q falak dargohlar.
Ot boshi eshshak ayoqi ostida qum bo‘lg‘ali,
Kurra, xarlarning juli sinjobu qoqum bo‘lg‘ali,
El aro iokas kasu nomard mardum bo‘lg‘ali,
Jonu ko‘nglum kirdilar gam dashtig‘a gum bo‘lg‘ali,
Men ham etdim azm chun azm etdilar hamrohlar.
Mujda, ey jonu ko‘ngul, sizni o‘shul hur o‘lturur,
Ishq ahlig‘a qilib qahr, elni majbur o‘lturur,
Begunohlarni o‘shul husnig‘a mag‘rur o‘lturur,
Bo‘lsalar ogahki, bir g‘amginni hijron(?) o‘lturur,
Fikr etar holig‘a hijron dardidin ogohlar.
Guljabinlar qayda bilgay rangi xunkohim nedur,
Sihhat ahli anglamas dardi sahargohim nedur,
Ne bilur vasl ahli har dam otashin ohim nedur,
Vah, ne bilgay hajr zanjirida dilxohim nedur,
Halqa urg‘an bazm ayshi davrida dilxohlar.
Hojat ahli holidin hojatravolar fikri yo‘q,
Ishq ranjuri g‘amidin bevafolar fikri yo‘q.
Doiyo, ahli g‘inog‘a benavolar fikri yo‘q,
Ey Navoiy, shohlarg‘a chun gadolar fikri yo‘q.
Aytgil ham tengri dargohig‘a shay’allohlar.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |