Arzimni aydim bodi sabog’a...

Arzimni aydim bodi sabog’a...
by Xoʻjanazar Huvaydo
332561Arzimni aydim bodi sabog’a...Xoʻjanazar Huvaydo

Arzimni aydim bodi sabog’a,
Yetkursa holim ul dilrabog’a.

Qilsa xudoyim ko’nglin muloyim,
Rahm aylag’aymu man mubtalog’a.

Qilg’aymu xayrin o’z qo’li birla,
Borsam ko’yiga miskin gadog’a.

Dedi raqiblar yorg’a yomonlab,
Soldi judoliq naylay arog’a,

Ko’nglumda yo’qtur zarra gumonim,
Kimki yomondur soldim xudog’a.

Holimni aytsam yorim inonmas,
Emdi qo’yubman yavm ul jazog’a.

Yorsiz kishini firdavsi yo’qtur,
Suydim sanamni qoldim balog’a.

Dushmanlarining nozu, nahmda
Parvarish aylab soldi g’inog’a.

Do’stini yorim ranju alamda
Qo’ydi el ichra javru jafog’a.

Miskin Huvaydo sabru tahammul
Aylab, hamisha yig’lar xudog’a.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.