Avsofi Qozi Muhammad Rajabi Avj

Avsofi Qozi Muhammad Rajabi Avj
by Maxmur
333239Avsofi Qozi Muhammad Rajabi AvjMaxmur

(Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari)

Bu majmui solori volo hasab,
Sazovori qozi Muhammad Rajab.

Erur Andijon anga asli vatan,
Vale holiyo Yangi Qo‘rg‘onda tan.

Qarotepaning qoziyi akbari,
Bo‘lub qovmu qishlog‘ining rahbari.

Aban an jadin Andijon shahridin,
Erur Yangi Qo‘rg‘on makoni makin.

Agar qozini izlasang qaydadur,
Qarotepa, yo Yangi Qo‘rg‘ondadur.

Ajab qoziyi, qohili, johile,
Bo‘lub omilik ilmiga komile.

Aning ko‘ksini chok qilsang, hama,
G‘ilu g‘ashini pok qilsang hama

Adamdur alif anda ko‘p izlama,
Bu narxarni qozi debon sizlama.

Laqab hofiz, Avj oti aning,
Hayulo suvar shakli zoti aning.

Magar keldi Mozandorondin bu dev,
Jahon rangidin qo‘rqub, aylar g‘irev.

Nasab Oj ibni Anug‘din erur,
Hasab g‘ul yo asli mug‘din erur.

Chiqib ar-ari qildi chandon uzun,
Bo‘lur saqfi gardung‘a qilsang sutun.

Kesib bir shitolangni ham ikki yo‘l,
Ravon ayla Jayhunu Sayhunga pul.

Teribdurkim ofoqdin pattani,
Yig‘ib ko‘chadin lakpurish lattani.

Qiyim pattani jam’u payvand etib,
Ani ustidin lattani band etib.

Qilib tul dastorini yuz quloch,
Vale eskilikdin edi ming umoch.

Dame gar buzulsa bu dastori zor,
Tuzatmoqqa solgay anga mardikor.

Burib jumla darvozani sallasi,
Eshiklarni vayron qilar kallasi.

Jahon ichra bu qoziyi devrang,
Erur mazhabu millatn revurang.

Tuzar o‘zini gohi zuhhoddek,
Qilar shaklini misli ubboddek,

Gahi mardi mulloyi olim o‘zi,
Gahi bobi raddul-mazolim o‘zi.

Gahi peshvoyi siyahnomalar,
Gahi doxili bazmu hangomalar.

Yurar gohi dar surati shayxu shob,
Gahi zufunun shakli zakki janob,

Gahi tolibi bazlau harzago‘y,
Gahi nozimi nazmi berangu bo‘y,


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.