Ay qalam
Ay qalam, haq yo‘lida bo‘l to‘g‘ri,
Egrilik aylama, bo‘lma o‘g‘ri.
Ay qalam, to‘g‘rini egri yozma,
Aldanib oqchag‘a yo‘ldan ozma.
To‘g‘ri yur, to‘g‘ri gapir, to‘g‘ri yoz,
Egrilik qilg‘uvchining qabrin qaz.
To‘g‘rilikni o‘zingga maslak tut,
To‘g‘ri kelganda bu yo‘lda qon yut.
Seni der bunda birov «teskarichi»,
Birisi der: «Bu kishi millatchi».
Biri der «dinchi», biri «ruhiyachi»,
Biri «nodon», biri «sapsatachi».
Kim na der, deyabersin so‘zini,
So‘zila ko‘rsatsin yuzini.
Iltifot etma alarga, yoza ber,
Sen haqiqat chechagin doim ter.
Ay qalam, haqni yozarda o‘lg‘il,
Maslaking yo‘lida qurbon bo‘lg‘il.
Bu zamonda kim erur haqqoniy,
Shubhasiz to‘kilur oning qoni.
«Zarafshon» gazetasi, 1923 yil, 25 yanvar
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|