Bir lahza ko’nglum o’lmadi beg’am zamonadin...

Bir lahza ko’nglum o’lmadi beg’am zamonadin...
by Ubaydullaxon
332498Bir lahza ko’nglum o’lmadi beg’am zamonadin...Ubaydullaxon

Bir lahza ko’nglum o’lmadi beg’am zamonadin,
To’ydi zamona mendinu men ham zamonadin.

Yetmay ko’ngulga shodlig’, ey hamdamim,yetar,
Yuz ming g’amu alam anga hardam zamonadin.

Jam’iyatiki bor edi ko’ngul diyorida,
Ul dog’i bo’ldi bir yo’li darham zamonadin.

Ko’nglum guli bu gulshan aro so’lg’ali dame,
Umrim niholi bo’lmadi xurram zamonadin.

Marham jarohatingg’a, Ubaydiy, tilarni qo’y,
Yetmas jarohat ahlig’a marham zamonadin.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse