Bir pari tushda manga oraz namoyon ayladi...

Bir pari tushda manga oraz namoyon ayladi...
by Muhammad Rahimxon Feruz
332691Bir pari tushda manga oraz namoyon ayladi...Muhammad Rahimxon Feruz

Bir pari tushda manga oraz namoyon ayladi,
Ko‘rgach-o‘q, hushu xirad mulkini vayron ayladi.

G‘amzayu nozu tag‘oful birla imo aylabon,
Ko‘zlari jonimni olib qasdi imon ayladi.

Otashin gul bargini eltib labi xandoniga,
Jon ila ko‘nglumni rashk o‘tiga so‘zon ayladi.

Zulfi mushkini yuzi uzra parishon aylabon,
Ko‘zlarimni tiyra, ko‘nglumni parishon ayladi.

Chunki ruxsori jahontobin ko‘z ochtim ko‘rgali,
Orazi mehrin niqob ostida pinhon ayladi.

Siynasi uzra ko‘rub gulgun kabosi chokini,
Gulshan ichra gul dag‘i choki giribon ayladi.

Seskanib uyg‘ondim ersa, topmadim ondin asar,
Ushbu tush Majiun kibi aqlimni hayron ayladi.

Yo rab, uyg‘oqliqda ro‘zi qil visoli davlatin
Kim, mani oshifta bir gul yuzli jonon ayladi.

Mumkin o‘lg‘aymu visoli ichra bir kun shodlig‘,
Bo‘ylakim Feruzni hajrida giryon ayladi.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.