Bor edi bir xasisi dangu dag‘al...

Bor edi bir xasisi dangu dag‘al...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy
333086Bor edi bir xasisi dangu dag‘al...Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Bor edi bir xasisi dangu dag‘al,
O‘lur erdi diramsiz o‘lsa bag‘al.

Birov gar kelmak o‘lsa unga gumon,
Sarf o‘lur deb anga birorta non.

Otashi hirs aylayur erdi dog‘,
Ko‘runurdi zamona bir pari zog‘.

Hodisoti zamona yeli esib,
Bir kishini tushurdi, yo‘lni kesib.

Kech edi-yu, yo‘li ham erdi uzun,
Keldi darvozag‘a, chiqarmadi un.

Soate o‘lturub edi, nogoh
Chiqti uydin o‘shal xasosat joh.

Nazari tushdi ul sihiy qadga,
Holini so‘rmay, ochti lab radga.

Dedi:— Bu uyda hech kishi yo‘qdur,
Dedi ul hamki:— Qornimiz to‘qdur.

Bir zamon bo‘lsa bir uy omoda,
Garchi bo‘lsa to‘shakdin ul soda,

Istirohat qilib ketar erduk,
Ertaroq manzila yetar erduk.

Bo‘ldi nochor, uyg‘a kirguzdi,
Umridin rishtai umid uzdi.

Bor edi zavjasi, afifai vaqt,
Esmagan zulfi sori sarsari maqt.

Moil erdi saxo sarig‘a dili,
Aytmag‘an betahoshiy so‘zni tili,

Turdi ul nolira. yeridin chust,
Mehmong‘a taome qildi durust.

Chun ki mehmon uchun pishildi palov,
La’ldek jonig‘a tutoshti olov.

Boyg‘a asru tamalluq ila borib,
Mehmon sori oshini yuborib,

Bordi-yu, qiblag‘a o‘gurdi yuzin,
Chashmadek tutti ashki ikki ko‘zin.

Dedi:— Yo rab, muning zamirini och,
Rahmating fanzidin xamirig‘a soch.

Mapi tavfiqdin karam ayla,
Ani xalq ichra muhtaram ayla.

Bir necha o‘g‘ri ittifoq aylab,
Boyning molin ishtiyoq aylab,

Naqb urub hovlidin, chiqorib bosh —
Urdi mehmon alarni boshig‘a tosh.

O‘g‘rilar kettilar umidin uzub,
Etmadi mehmon o‘zini tuzib.

Yana bir molini bo‘g‘ub edi ip,
Ani ham bordi-yu, ayirdi bilib.

Uyg‘a o‘t tushganin bilib nogoh,
Uy egosin ayladi ogoh.

G‘ayrat aylab o‘churdilar oni,
Yo‘qsa kuyurdi moli ham joni.

Anglabon bu sharafni mehmondin,
Yaxshiroq ko‘rdi oni yuz jondin.

Botin ila bu ma’nig‘a yetibon,
Hasadu buxlu xissati ketibon.

Yod etib chiqti kecha-yu kunduz,
Tangri farmonidin o‘gurmadi yuz.

Dedi Shavqiy:— O‘shal kishi men edim,
Sarguzashtimni nazm birla dedim.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.