Bu kecha koshonam uzra yor mehmon kelmadi...

Bu kecha koshonam uzra yor mehmon kelmadi...
by Mujrim-Obid
332995Bu kecha koshonam uzra yor mehmon kelmadi...Mujrim-Obid

Bu kecha koshonam uzra yor mehmon kelmadi.
Qolibim beruh qoldi, lutf etib jon kelmadi.

Posishab nolam eshitib, bo‘ldi bulbullar xamush,
Ne uchun ushbu sahar ovozi afg‘on kelmadi.

Va’dasi yolg‘on edi yo man’ qildi g‘ayr ani,
Ya’ni ul bebok tab’i qavli yalg‘on kelmadi.

Chashmai chashmim mururi ashkdin qoldi qurub,
Ul tasalli baxsh ashki chashmi giryon kelmadi.

Boshimi gardun sari yetkurmadi fayzi qadam,
Olloh, olloh, qomati sarvi xiromon kelmadi.

Ko‘p sog‘ingandin ko‘zumda qolmadi bir zarra nur,
Partavi zulmatzudoyi mohi tobon kelmadi.

Bu masaldur, Obido, xalq ichrakim, qaysi yatim;
Og‘zi tegdi oshg‘a-yu, burnidin qachon qon kelmadi.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.