Bu ne tole’ edikim qilmadi imdod hanuz...

Bu ne tole’ edikim qilmadi imdod hanuz...
by Ravnaq Pahlavonquli
333181Bu ne tole’ edikim qilmadi imdod hanuz...Ravnaq Pahlavonquli

Bu ne tole’ edikim qilmadi imdod hanuz,
Bo‘lmadi xotirimiz qayg‘udin ozod hanuz,

Ohkim aylamadi hech bizing sori nigoh,
Shohidi davlat ila baxti xudodod hanuz.

Adam ahlida, fig‘onkim, meni nokom kabi
Gardishi davri falak bergan emas yod hanuz.

Umr o‘tub, ohki, bir dam falaki buqalamun
Shevai mehru vafo qilmadi ijod hanuz

Ko‘r jahon da’binikim, bo‘lg‘ali bunyod eliga
Qila olg‘uncha qilur zulm ila bedod haiuz.

Kimnikim bir-ikki kun ayladi mehmon o‘rtar,
Qilmayin kom ravo, ushbu g‘amobod hanuz.

Baxti sho‘rida nelar kelturubon boshimg‘a,
Umr o‘tub tole’ uyi bo‘lmadi obod hanuz.

Odam avlodig‘a ko‘rgazmadi naqshi vafo,
Toqi ayvoni falak bo‘lg‘ali bunyod hanuz.

Ravnaqo, muncha taradduddin erur ne hosil,
Bo‘lmasa manglayimizning harami bod hanuz.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.