Buloqlar quchogʻida

Buloqlar quchogʻida (1924)
by Abdulhamid Choʻlpon
335059Buloqlar quchogʻida1924Abdulhamid Choʻlpon

Chimkent uchun

Ay, koʻnglimda shon oralash uyat bir iz qoldirgʻan
buloqlarning quchogʻi!
Kimlar, kimlar koʻkragingga dovul kabi soldirgʻan,
ay tuzalish oʻchogʻi?

Men bagʻringga shifo istab kelgan yoʻlchi boʻlsam-da,
boshqa narsa izlayman,
U narsani topmagʻuncha charchasam-da, tolsam-da –
koʻkragingda kezarmen…

Men izlagan eski izlar, bilmadimkim, qolgʻanmi? –
yoki oʻchib ketganlar?
Safhalarga oʻrinlashqan „kitoba“lar yolgʻonmi? –
yo – silinib bitganlar?

Tarix uchun yozdirilgʻan „kitoba“lar oʻchmaslar,
oʻchmaguncha koinot!
Tarix bilan oʻrnatilgʻan haykallar ham koʻchmaslar,
koʻchmaguncha mumkinot!

Tarix uchun oʻrnatilgʻan haykallarni koʻrsam men,
shu shifolik sinangda,
Meni emas, yana boshqa bir haykalni koʻrgaysen,
adir yoʻli – zinangda!..

1924-yil, may


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"