Buxoro ulamosi (1917)
by Abdurauf Fitrat
334362Buxoro ulamosi1917Abdurauf Fitrat

Buxoro ulamosini, asosan, ikki firqag‘a taqsim etish mumkindir. Biri Buxoro va uning tevarakindan to‘planib tahsil qilaturg‘an buxoriylar, ikkinchisi Buxoro xonlig‘ining Sharq tarafindag‘i Ko‘lob degan tog‘liq yerdan kelgan ko‘lobilar. Tarixi islomdakisi bani Hoshim bani Umaviya o‘rtasida bo‘lg‘ani kabi Buxoro ulamosi va ko‘lobilar orasinda eski bir dashtlik bordir. Bu dushmanlikning bosh sababi hozirgi Buxoro qozikaloni bo‘lg‘an Burhoniddinning bobosi qozi Sadriddin Mulla To‘xmaq o‘g‘li degan zotdir.

Qozi Sadriddin(dan) burun bo‘lg‘an Buxoro mullalarining barchasiga bir ko‘z qarab har birig‘a mustahiqbuydigi ilmiy mansablarni bera(r) ekanlar, Mazkur Mulla Sadriddin Mulla To‘xmaq o‘g‘li Buxoroda qozikalon o‘lg‘ach, ishi tezlashib ketgan. Bu odam avval Buxoroning vaqflarig‘a va boshqa ishlarig‘a buyuk xiyonatlar qilgan: xalq ustiga «aminona» degan bir solug‘ki yolg‘ondan shar’iy deb yuklag‘an, ko‘b vaqt yerlarini, vaqf oqchalarini hukumat xazinasiga og‘darg‘an, shu yo‘llar bilan amirni(ng) o‘ziga tobe’ qilib olg‘andan keyin Buxoroning yog‘li mansablari (ki) o‘z ko‘lobilariga olib bergan.

Bu odam diniy ilmlardan (Qur’on va Hadisdan) butun xabarsiz bir odam ekan. Bir kun buyuk bir ilmiy majlisda Qur’onni ochib sahifa boshindagi suradan ibtidosi bo‘lgan «hamasi» jumlayi sharifini «ham ishq» o‘qudigi Buxoro ulamosi orasinda mashhurdir. Uning bu hollari buxoroli ulamoning nafratlarig‘a sabab bo‘ldi. Qozi Sadriddindan necha yil keyin o‘g‘li Badriddin qozikalon bo‘ldi. Bu odam daxi otasining yo‘li bilan yura boshladi. O‘zi ilmsiz bir kishi edugi uchun ma’lumotli ulamodan qo‘rqar va unlarni ish boshindan tushura edi.

O‘z ko‘lobilari orasindan johillarini saylab Buxoroning buyuk ilmiy mansablarini shunlarg‘a bera edi.

«Buxoroli ulamo» ilmiy mansablardan mahrum bo‘ldilar. Buxoroning tubchaklari bosh ko‘tara olmay qoldilar. Badriddinning bu ishlarindan g‘ayratli necha ulamolar hayajonga keldilar va unga qarshu bir varaqa chiqardilar. Bu varaqaning boshinda g‘ayratli ulamolardan samarqandli marhum Mufti Burhoniddin tura edilar. Qozi Badriddin yolg‘on xabarlar chiqorib, mufti Burhoniddinni Buxoro amirining doimiy g‘azabiga uchratdi. Mufti Burhoniddin shu ilm bilan dunyodan o‘tdi.

Bu zot o‘rnig‘a firqa boshinda ustodim marhum Oxund Mulla G‘iyosiddin hazratlari o‘tdilar. Marhum ustodim diniy va shar’iy ilmlardan boshqa ilmi kalom va eski yunon falsafasindin tamoman voqif bir zot bo‘lub, so‘zga ham ko‘b usta edilar. Shuning uchun qozi Badriddinni bosh ko‘tararga qo‘ymas edilar. Ko‘b vaqtlar qozi Badriddinning og‘usi bilan amirning g‘azabig‘a uchrasalar ham parvo qilmasdan o‘z niqoblarig‘a davom etib, dunyodan o‘tdilar.

Bu zotning o‘runlarig‘a qozi Badriddinga qarshu bo‘lg‘an firqaning boshig‘a uch zot keldilar, bunlar marhum shayxulislom Baqoxo‘ja hazratlari, marhum ustodimning ukalari Masnaf va Buxoroning olim qozikaloni bo‘lg‘an qozi Abdushukurning o‘g‘illari Sharifxon maxdum edilar.

«Hurriyat», 1917 yil, 48-son


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"