Chaman ichra qayu sarv ul sihi qad qoshig‘a xam yo‘q...

Chaman ichra qayu sarv ul sihi qad qoshig‘a xam yo‘q...
by Vola
333489Chaman ichra qayu sarv ul sihi qad qoshig‘a xam yo‘q...Vola

Chaman ichra qayu sarv ul sihi qad qoshig‘a xam yo‘q,
Jahon ahli agar ishqida jon bersa, anga g‘am yo‘q,

Nechuk izhor etay, ey do‘stlar, ul siymtan ishqin,
Ko‘ngul rozini ifsho etgudek olamg‘a mahram yo‘q.

Ko‘rub ko‘nglumg‘a har yon zaxmlar hijroni tig‘idin
Dedilar ahli hikmat: g‘ayri vasli anga marham yo‘q.

Eshitib rahm qilmas ul quyoshsiymo fig‘onimni,
Agarchi ko‘nglum ahvoli anga bir zarra mubham yo‘q.

Parilarga makondur garchi gulzori Eram, ammo
Manga ul hur paykar ko‘yidek dilxohu xurram yo‘q.

Ko‘rub ul oy yuzin miynosini gulgun araq ichra,
Nechuk dersiz guli gulzori ruxsorig‘a shabnam yo‘q.

Ko‘ngulni xush tutub doim, zamone bo‘lmangiz g‘amgin,
Nedinkim ko‘k ravoqidek tiriklik qasri mahkam yo‘q.

Qiyomat vahmidin qon yig‘laganda, kuygan ey g‘ofil,
Oni holig‘a yig‘langkim, ko‘zig‘a qatrai nam -yo‘q.

Agarchi Vola a’molig‘ g‘amidin qon yutar, lekin
Oni botin ko‘zin haq ochsa, zohir diydadin kam yo‘q.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse