Chaqimchilar haqinda

Chaqimchilar haqinda (1918)
by Abdulhamid Choʻlpon
335275Chaqimchilar haqinda1918Abdulhamid Choʻlpon

Isqoblifda chiqadurgan “Xalq qalqoni” nomlik rus g‘azetasinda “Musulmonlarning taraqqiyparvarlar firqasi ham buzuqlar” sarlavhasi ila ushbu yo‘llarni o‘qidim:

“Turkiston chaqimchilar mahkamasining tekshiruv komissiyasidan:

Usmonli turklarning “Ittihod va taraqqiy” firqasiga o‘xshab Turkiston musulmonlari ichinda ham “Tarakqiyparvar firqasi” isminda bir firqa maydonga chiqqan edi; ammo unga har tarafdan dushmanlar ko‘paydi. Xususan, eski boylar bor kuchlari ila qarshi turub, uning nufuzini bitirishga tirishdilar. Hatto Andijon qorilari “Taraqqiyparvar” degan nomni “Padarkush” (ya’ni otasini o‘ldirganlar) degan nomga aylantirdilar… Shul qadar mone’larga qaramasdan firqa o‘zbek-turk yoshlari ichinda o‘zining fikrlarini taratmoqqa davom etdi. Mazkur firqa 1915 va 16 yillarda yerlik hukumat ma’murlari ila kurashganda o‘zining maqsadiga bir daraja yetdi. Ya’ni ularni ustindan har yerga arizalar berub, baland-past amaldorlardan ko‘pini bekor qolishga muvaffaq bo‘ldi. Ham bu ish bir firqa “boy”larga ma’qul bo‘lmasdan ul boylar bo‘yinlarini Turkiston chaqimchilar mahkamasiga egib, salomni quyuq berdilar. Oxranka esa kelajakda o‘ziga zo‘r dushman bo‘lib chiqadurgan bu “taraqqiyparvarlar” firqasi ila kurashmakka boshladi.

Chaqimchilar mahkamasi musulmon yoshlarining yangi ham quvvatlik bo‘lgan bu partiyaning ichiga o‘zining zaharlik tomirini yoydi… ham harakatlari bo‘shqa ketmasdan xayrlik “oqibatlari”ni ham ko‘rdi… Shunday kilib, “Qori” ham “Nozim” laqablik chaqimchilar tez-tez yoshlarning ahvolidan “yaxshi xabarlar”ni oxrankaga bildirub turibdilar… Shul xususda firqaning va boshqa hamma ishlarning boshi hamda Toshkanddagi oxrankaning kattasi bo‘lgan Shalkovskiy ila so‘zlashmak uchun odamlar ham yuborildi. Agarda Andijon shahrida bu firqaning ichiga tilmoch bo‘lub turgan Kelginboyev ham Boytursunov degan mal’unlar kirub, harakat qilub, ish yuritmasalar bu firqa xiyla kuchayar edi… Chunki bu firqa hukumat ma’murlarining har biri ila hatto zo‘r boylar ila-da kurashga boshlab butun Andijon va atrofini dahshatga tushurgan edi. Mana shul holda haligi mal’un tarjimonlar onlarning ishlariga aralashub, o‘zlari bilan bir bo‘lgan bo‘lub turub, onlarning tomurlarina bolta chopdilar… Komissiyada musulmonlar ichinda Turkiston va Buxoroda ish buzub (chaqimchilik qilib) yurganlarning nomlarini va asllarini g‘ayrat ila tekshirub yotadir. Vaqti ila onlarning nomlari e’lon etilur”.

Gʻazetaning yozg‘ani munda tamom. Endi o‘z tarafimdan shuni aytaman. Andijon musulmonlari ichlarindagi ob-ochiq e’lon etilgan chaqimchilarni oqlamoq uchun harakat qilub yotadurlar. Biri: muvaqqat hukumat a’zosi ham milliy majlis raisi, ikkinchisi: qo‘rboshi, uchinchi birisi, potrebitelchi… Agar, munda aytilgan Kelginboyev biz bilgan Kelginboyev bo‘lsa, bu kishi Izboskandda uchastka komissari saylanib yotadir… Agar, munda aytilgan Boytursunov, biz bilgan Boytursunov bo‘lsa, ul-da mundag‘i hamma jamiyatlarning muhtaram bir a’zosidir… Butun musulmon yoshlarining yo‘lboshchisidir… duma a’zosidir, rabochiydir, taraqqiyparvardir, u-dir, bu-dir…

Xulosa, har nimadir?!!

Musulmon yoshlari!

O‘tgan kunlaringizni esdan chiqarmangiz! Qora kunlarning qora ko‘lankalari sizga oq sham bo‘lib, yoruq berub turadir…

Qora “Oq” bo‘lurmi?

Ey bechora soddadillar!!!

Andijon – “Teshaboy”

“Ulug‘ Turkiston” gazetasi

1918-yil, 28-yanvar, № 57.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"