Chetdagi talabalarimizga yordam
Toshkentda bir necha yil muqaddam muallimlik qilg‘an eslik yoshlarimizdan Abduvahob Murodiyning Germaniyaning oliy ziroat maktabida o‘qib turg‘anlig‘i to‘g‘risida gazetamizda vaqti bilan ma’lumot bergan edik.
Yaqinda mazkur Abduvahob o‘rtoqdan «Ko‘mak» uyushmasiga bir xat kelgan. Vahob o‘rtoq ul xatida oliy ziroat maktabini bitirgunicha ta’min qilmoqni bo‘ynig‘a olg‘an xususiy bir shaxsning vafoti orqasida hozir butkul ta’minotsiz qolg‘anlig‘ini, agar o‘z yurtidan yordam bo‘lmasa, o‘qishdan chiqishg‘a majbur bo‘lishini yozadir. Uning ta’minojizlik sabablik qiyin va og‘ir bir holda qolg‘anligini Germaniyaga yangigina borib yetgan talabalarimizdan o‘rtoq Saidali va Ahmad Shukriylar ham tasdiq etganlar.
23 noyabrda Toshkent yoshlarining gap majlislarida shu to‘g‘rida so‘z qo‘zg‘olib, o‘rtoq Vahobning yozgan xati o‘quldi va darhol uni ta’min qilmoq uchun tashabbus boshlandi. Shul yerda yig‘ilg‘an o‘rtoqlar barchasi bir og‘izdan oyliklarining yigirma besh foizini berishga qaror berib, yana bir-ikki kishining hamiyati bilan bir milliardga yaqin aqcha to‘plandi.
Gap majlisida hozir bo‘lmag‘an boshqa o‘rtoqlardan ham yig‘ib, shul mablag‘ni o‘rtoq Abdulvahobning bir yillik ta’minotiga yetkarmakka bo‘lindi.
Shu maqsad bilan Eski shaharda bir adabiyot-tomosha kechasi yasamoq uchun kishilar belgilandi.
Bundan boshqa yana chetga (Germaniyaga) ketgan talabalarimiz faqat bir yilgagina ta’min etilib ketganliklari esga olinib, ularni o‘qishlari bitguncha ta’min qilmoq uchun jiddiy choralarga kirishmak lozim topilib, bu haqda kelgusi gap majlisiga puxta yo‘llar va choralar topib kelmak uchun ikki o‘rtoq vakil qilindi.
Eski odatlarimizdan bo‘lg‘an gap majlislarida bunday xayrlik tashabbuslar, amaliy harakatlar ko‘rilishi ko‘p yaxshi va o‘rnak bo‘lg‘ulik bir ishdir.
Gapdan ishga, o‘rtoqlar!
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|