Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur...

Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur...
by Sayfi Saroyi
332269Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur...Sayfi Saroyi

Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur,
Bo‘yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur.

Og‘zi fastuq, ko‘rki tangsuq, o‘zi mushfiq yor erur,
Husnining chovi Xitou Chin ichinda bor erur.

Asli alchin, so‘zlari chin, ko‘zlari totor erur,
Ming yashar harkim dudog‘i sharbatin totor erur.

Ishqining elchisina ko‘nglum munaqqash dor erur.
Zulfina tushgan ko‘ngullarning maqomi dor erur.

Nechakim ishqi o‘ti bu jon ichinda bor erur,
Kahrabo o‘zra ko‘zumdan dam-badam durbor erur.

Shahd so‘zi, orif o‘zi, voqifi asror erur.
Vasl bo‘stonida xush oshiqlarin asror erur.

Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur,
Andin o‘zga birla oshiqqa yemak osh or erur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse