Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim...

Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim...
by Boborahim Mashrab
308541Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim...Boborahim Mashrab

Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim,
Darmon yo’qidin necha og’iz so’z qota qoldim.

Ko’rdumki ani dushmani ruh-u tan ekandur,
Lo o’qi bila ikki ko’ziga ota qoldim.

Mayxonag‘a kirdim, bila qoldim kuyarimni,
Masjidg‘a kirib, zohidi yaxdek qota qoldim.

Zohid, menga bir shishada may, senga namozing,
Ming taqvini bir kosayi mayg‘a sota qoldim...

Vahdat mayini piri mug‘on ilgidin ichtim,
Mansur kibi dorg‘a boshimni osa qoldim.

Bu telbaligim shuhrati olamg‘a to‘lubdur,
Bir jilvasig‘a ikki jahondin o‘ta qoldim.

Ayb aylamangiz Mashrabi bexudni, yoronlar,
Naylayki, bu g‘urbat ko‘chasidin o‘ta qoldim.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.