Emar
Hali ham arabchaning,
Uzun dumlik «ya»sini,
Аttorlik rastasining
Аtirli xulyosini –
It yoqa kamzulining
Choʼntagida saqlaydi…
Majlis boʼlsa, soʼz olib,
-Qichqirmoqdan yoʼtalib –
Lotinchani «yoqlaydi»…
Koʼcha-kuyda ogʼzidan
-Bir tomchi ham! – yaramas,
Zararlik soʼz toʼkmaydi.
Rais deganday: «epchil,
Ish degandan qoʼrqmaydi!»
Kolxoz uning fikricha,
Gullaydigan bir narsa!
Faqat, «shoʼro bir ozroq,
Kenglik bilan qarasa…
Ki yaʼni:
Oliq-soliqning,
Kommunist – firqalikning
Ipini tortib qoʼysa…
-Mushtumzoʼrsan, Matmusa,
Tur nariga! – demasa,
Moliyada oʼtirgan
«Shoʼro dushmanlari»ga
Koʼp ham hurlik bermasa…
Bozorlarni yopmasa,
Yot unsurni topmasa!
Shunda: kolxoz gullaydi;
El barchasi bir boʼlib,
Kolxoz dushmanlariga
Mushtini tugunlaydi!..»
* * *
Hali xam arabchaning
Uzun dumlik «nun»ini
Dastmoya qilib olib,
Baʼzi echki emarlar –
Yeydi kolxoz nonini!
Xorijda doʼstlari bor,
Oq niqobli gazetda
Soʼkadilar kolxozni;
U quturgan boʼrilar
Soʼkadilar – oshikor,
Koʼnguldagi zaharni
Toʼkadilar – oshikor!
Sungilar, kecha-kunduz,
Ularni, chegarada
Kuzatib yaltiraydi!
Berigilar solmaydi
Kimsaga qovogʼini;
Doyim kulib turadi.
Qoʼllari ishdan koʼproq,
Chappaklardan qavargan…
Har tadbirga tarafdor,
Аx, qanday yaxshi «doʼstlar»!
Ular bizning orada;
Har qonagan yarada –
Oʼtkur tirnoqlari bor!
Har bir dogʼdan, qoradan,
Puchak boʼlgan saradan –
Xiyonatlari tomar!…
Hali xam arabchaning
Damanalik «mim»ini
Tortib qogʼoz betiga
Emar kolxoz mingini!
Har kuni tuya qilib
Millionlarning nonini,
Oqlaydi jon boricha
Oʼz sinfiy vijdonini!..
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|