Ergashish
(Kichkina hangoma)
Zamonamizni “o‘zgarish zamoni” deganlar to‘g‘ri aytalar.
Asrimizni “aql va ziyraklik asri” deganlar adashalar.
Kunlarimizni “taqlid va ergashish kunlari” deganlar, lokin juda to‘g‘ri aytalar.
Bilasizmi, poytaxtimizda butun jumhuriyat uchun chiqaturg‘an birgina gazeta bordurkim, ism shariflari “Axbor”! Ul gazetaning boshida chiroyliq bir …. ichida “haftada ikki martaba chiqar” deb yozilsa-da, zo‘r berib, “ha-ha”lab, sur-sur bilan, qiyqirib. Qiyin-qistov qilsangiz haftada bir marta chiqa olur. Har kuni chiqib, devorlarda baqiraturg‘an “jarchi” bor edi. Ul ham xudoning rahmatiga “qovushdi”
Nima uchun “jarchi” yosh turub xudoning rahmatiga qovushdi-da “haftada ikki martaba” chiqishg‘a tegishli bo‘lg‘an “Axbor” haftada bir ham chiqa olmaydur?-deb so‘rab ko‘rung qani, nima javob olursiz ekan!
Matbaa moshinasi gumbirab, kichkina “Amerika” qo‘l moshinalari tarillab, murayotib qo‘llari yugurub yurub javob berarki: “Afandim, azizim, jonim, gazeta chiqarmoq uchun bizning vaqtimiz yo‘q. Biz – “ish varaqasi” – slujebnaya zapiska ishlash bilan mashg‘ulmiz!”
Siz unlarning bu javoblariga ishonmazsiz. Lokin biz juda katta ixlos va e’tiqod bilan ishonamiz, negakim, biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rub turamizki, xudog‘a shukur shahrimizda “mas’ul” bo‘lmag‘an bir ishchi qolmadi va “ish varaqasi” bosdirmag‘an bir shoʻba mudiri ham yo‘qdur.
Kamina, bir kun bizning faytun haydovchi kucherimiz kelib deydirki, “menim uchun ish varaqasi buyuring” jonim chiqdi, dedimki, “kucherga ham ish varaqasimi?” Kucherning achchig‘i keldi, indamasdan qobog‘ini burub turub oldimg‘a bir qog‘oz tashladi, o‘qudim, ko‘rdim, mana uning nusxasi
Ish varaqasi
Slujebnaya zapiska
Shoʻbasining mas’ul ot boqari
Otvetstvenniy Konyux
——————– otdela
Qizardim, uyaldim, indayolmadim.
Ertasi kuni “mas’ul ot” va “mas’ul qashlag‘uch”g‘a ham “ish varaqasi” chiqsa yana indayolmayman.
Nima deyay:
Zamonamiz “o‘zgarish zamoni”…
Kunlarimiz “taqlid va ergashish” kunlari…
Qalandar
“Buxoro axbori” gazetasi 1922-yil 15-yanvar.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|