Ermasam oshiq, ko‘zum hayroni bo‘lg‘aymu edi...
Ermasam oshiq, ko‘zum hayroni bo‘lg‘aymu edi.
Tanda jon parvonadek so‘zoni bo‘lg‘aymu edi.
Istamas ersam agar sarvi qadi zebosini,
Jismi zorimda g‘ami hijroni bo‘lg‘aymu edi.
Gar hazin ko‘nglumni shavq o‘ti maqom etmas esa,
Ikki chashmim ro‘z, shab giryoni bo‘lg‘aymu edi.
Bo‘lmasa vobasta ikki nargisi shahlosiga,
Notavon ko‘nglumda yuz armoni bo‘lg‘aymu edi.
Tori zulfi jonima qullobdek band ermasa,
Rishtai jonim oning qurboni bo‘lg‘aymu edi.
Intizor o‘lmas esam yuz uzra mushkin holig‘a,
Qumridek har kun ishim noloni bo‘lg‘aymu edi.
Otmagan bo‘lsa agar har g‘amzasida novakin,
Jismida Mutribni yuz paykoni bo‘lg‘aymu edi.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|