Ey koʻngul, zinhor qilma ahli davrondin tama...

Ey koʻngul, zinhor qilma ahli davrondin tama...
by Komil Xorazmiy
332656Ey koʻngul, zinhor qilma ahli davrondin tama...Komil Xorazmiy

Ey koʻngul, zinhor qilma ahli davrondin tama’,
Bor esa bu xasta jisminggʻa agar jondin tama’.

Chunki yoʻq ermysh jahon ahlida xolis doʻstligʻ,
Kimki ondin yaxshiroq yoʻq, aylama ondin tama’.

Dahri dundin koʻrmagung juz hasrati nokomligʻ,
Gavhari maqsudni qilma bu ummondin tama’.

Solim oʻlmoqning sipehr osibidin imkoni yoʻq,
Qilma hargiz ofiyat kunjin bu vayrondin tama’.

Koʻzlari jallodidin qilmsq muruvvat orzu,
Ahli iymon aylagandek kofiristondin tama’.

Istayin ne nav’ jonim rohatin mijgonidin,
Qilgʻomu majruh marham tigʻi uryondin tama’.

Sharbati la’li havosin istamaklik bodadyan.
Aylama jonbaxshligʻ juz obi hayvondin tama’.

Xoni vasligʻa raqibidin ionat istamak,
Aylagan yangligʻ gado ilkidagʻi nondin tama’.

Olam ichra gar boʻlay desang azizu arjumand,
Aylama Komil kabi juz zilli subhondin tama’.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.