Ey pari, bas qilg‘il istig‘noni, jonim qolmadi...

Ey pari, bas qilg‘il istig‘noni, jonim qolmadi...
by Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy
333314Ey pari, bas qilg‘il istig‘noni, jonim qolmadi...Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy

Ey pari, bas qilg‘il istig‘noni, jonim qolmadi,
Senga uzr ayturga nutq ila zabonim qolmadi.

Sabr qildim onchunon, bir yo‘l tarahhum etmading,
Chohi hijrsgada qolib, chiqmoq gumonim qolmadi.

G‘ayrilarning suhbatida bulbuligo‘yo bo‘lib,
Manga qolganda deding:— Emdi zabonim qolmadi.

Rahm qil minba’d, nechun bag‘rim ezdi furqating,
Zohir etdim senga, bir sirri nihonim qolmadi.

Xor tutma garchi bo‘lsam ham faqiru notavon,
Hasratingda ushbu joni notavonim qolmadi.

Aylading behad mani oshuftahol, ey dilrabo!
Kuymagan hajr o‘tida bir ustixonim qolmadi.

Nazm aro ziynat uchun nomi hurufingni olib,
Yig‘lamay bu xomai miskin fishonim qolmadi.

Iltifot et, qolmayin to vodii Hayrat aro,
Muxtasar qildim suxan, alqissa jonim qolmadi.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.