Falak zulm aylab elga oshkor ohista-ohista...
Falak zulm aylab elga oshkor ohista-ohista,
Olur jonin qilib beixtiyor ohista-ohista.
Emay-ichmay bukun ko‘b jam’ qilding siymu zar naqdin,
Bo‘lur go‘ringda tongla mo‘ru mor, ohista-ohista.
Qilib zulm elga, yig‘nab mol mag‘rur o‘lma, ey zolim,
Falak tortar nihodingdin damor, ohista-ohista.
Aning bedodu zulmidin zalilu zor bo‘lg‘aysen,
Ketib ilgingdin izzu e’tibor ohista-ohista.
Tama’ni tark qilmay, izzat istar xalqdin harkim
Bo‘lur bu fe’lidin, albatta, xor, ohista-ohista.
Topib ogohlik, tengrig‘a loyiq, qilmadim bir ish,
O‘tub g‘aflat bila laylu nahor ohista-ohista.
Zamon ahli nifoqidin xalos o‘lg‘oysen, ey Roqim,
Alardin tortsang o‘zni kanor, ohista-ohista.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |