Fig‘onimdin quloq og‘ribmudur oromi jonimg‘a...

Fig‘onimdin quloq og‘ribmudur oromi jonimg‘a...
by Bayramxon
333553Fig‘onimdin quloq og‘ribmudur oromi jonimg‘a...Bayramxon

Fig‘onimdin quloq og‘ribmudur oromi jonimg‘a,
Yo‘q ersa ne uchun, yorab, quloq solmas fig‘onimg‘a.

Qulog‘i og‘rig‘on tashvishidin ozurdadur jonim,
Berib sihhat, ilohi, rahm qil ozurda jonimg‘a.

Birovkim oshkoro nolalar qilsam qulog‘ solmas,
Ne turluk, yorab, o‘lg‘ay mustame’ dardi nihonimg‘a.

Yaqin bilganda g‘ofil bo‘lmasini zori nolamdin,
Qulog‘i og‘rig‘i kelmas edi hargiz gumonimg‘a.

Eshitmasdin burun, vah, ne uchun kar bo‘lmadim, yorab,
Eshitguncha qulog‘ og‘rig‘ini sarvi ravonimg‘a.

Ko‘nguldinkim, ko‘ngulga yo‘ldurur, derlar, g‘alat ermish
Ki, mehrim hech ta’sir etmadi nomehribonimg‘a.

Otimni yor bilmay, g‘ayrdin istar nishon Bayram,
Ne nomu ne nishon, rahmat mening nomu nishonimg‘a.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.