Fuzuliy g‘azaliga muxammas (Vafoiy, II)

Fuzuliy g‘azaliga muxammas
by Vafoiy
333499Fuzuliy g‘azaliga muxammasVafoiy

Dam urdi subhu piri fikri shomi tor yetmazmi,
Etushdi manzila mahmil bu kajraftor yetmazmi,
Xazon o‘ldi tomoshai guli gulzor yetmazmi,
Ko‘ngul yetdi ajal zavqi ruxi dildor yetmazmi,
Oqardi mo‘yi sar savdoi zulfi yor yetmazmi?

Chiqardi raxtini jon sa’y ila bozori mehnatdin,
Ko‘ngul ham qildi sof oyinasin zangori mehnatdin,
Hanuz, ey jism, turmassen tahi devori mehnatdin,
Yoturdi boshingi gardun oyog‘a bori mehnatdin,
Xayoli halqai gesui anbarbor yetmazmi?

Guliston ichra dun tushdi guzorim subh chog‘inda,
Uxurdi bulbule bu nuktani gulbun budog‘inda
Ki, naqdi umr zoye’ o‘ldi gulruxlar so‘rog‘inda,
Etar erdi qulog‘a bongi rihlat dahr bog‘inda,
Ne durmishsen tomoshai guli gulzor yetmazmi?

Dilo, behuda ishlardin hadisi tavba takror et,
Ko‘tar bosh sajdadinu taqvidin, al chek, san or et,
Xaroboti mug‘on ichra kirib subhangni zunnor et,
Etar jam’ ila bori ma’siyat, tag‘yiri atvor et,
Xayoli halqai gesuyi anbarbor yetmazmi?

Bu kun ko‘rdumki tiyg‘i ishq qon to‘kmakka moyildur,
Kesib qat’ etmakkakim, boshingni o‘rtarda hosildur,
Vafoiy sa’y qilkim odamiy har ishda qobildur,
Fuzuliy dema yetmak manzili maqsuda mushkildur,
Dutan domoni shar’i Ahmadi Muxtor yetmazmi?


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.