G'azal
by Umidiy
290167G'azalUmidiy

Munharif o‘ldi falak, javr o‘ldi kun-kundin ziyod,
Na habibimdan karam, na o‘zligimdan e’timod.

Bir ajoyib toleim bordurki, man hayron ango,
Sidq ila qo‘ysam qadam har yerg‘a, qo‘zg‘olg‘ay fasod,

Har ishimdan, qilmishimdan do‘stlar xotir malul,
Har hunar qilsam ziyon afzunu bozorim kasod.

Bo‘lmisham hayronu lolo‘ yo‘q habibi mehribon,
Ko‘zima olam qorong‘u, go‘ri tang turgan bilod.

Lutf etib, yorab, o‘zing ko‘rsat mango rohi baqo,
Lavhi dildan naqshi fosidlarni aylab inxirod,

Bori nisyon, hamrohim yo‘q, ko‘zlashim mulki adam,
Mingan otim langu log‘ar, yo‘q qo‘limda rohi zod,

No‘sh etib mastonadur xamri jaholatdin Umid,
Shul jihatdin aylamas oxir ishin bir lahza yod,

Andalibi zordek dil qon qilib, afg‘on qilib,
Mavsumi gulni tamannosida ko‘p nolon qilib.

Bu jahoni foniy gulzorig‘a vasl ummidida
Beibo qo‘ydim qadam, ishq otini javlon qilib.

Dilbarim zulfini chavgonig‘a bu maydon aro,
Maqsadim, o‘ynatsa boshim go‘yini g‘alton qilib.

Shukrkim, ko‘rdim jamolin toleim feruz o‘lub,
Shum raqiblardin g‘amimni dil aro pinhon qilib,

Necha yillardin beri may ishqida maxmur edim,
Hubbatullohi sharob ichdim fidoyi jon qilib.

Berdi ilkimga falak sham’i murodim yorutub,
Kulbam ichra yor husnidan charog‘ ehson qilib.

Bo‘lmayub navmid Umidiydek talab vodiysida,
Manzilu maqsadg‘a yettim ashkimi rezon qilib.

Nafas torin chekib, qaddingni xam aylar pano kam-kam,
Olib beldin madoring ilgingg‘a bergay aso kam-kam.

Tilarsen gar najoti g‘am, tajarrud bog‘ini sayr et,
Taalluq keltururkan boshingg‘a yuz ming balo kam-kam.

Ko‘zingning gavharin sarrofi olam olg‘ay o‘rnidin,
Bu tadbir ila aylar ro‘zg‘oringni qaro kam-kam.

Qo‘lingdin ketsa davlat majmaidur bebaqo ichra,
Uzarlar mehru shafqat torini har oshno kam-kam.

Mahori ixtiyoriig nafsi badning ilgig‘a bersang
Gado aylar sani yuzdin olib sharmu hayo kam-kam...

Havo birla havas naqshiga dil berma javonlikda,
O‘tib bayram kuni aldin ketar rangi xino kam-kam.

Qiyomat qoyim o‘lmog‘a yetushsa yil, yaqin beshak,
Ulug‘lardin adab bermak, kishilardin hayo kam-kam.


  This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.