G‘aflat
«… Biz olam kitobini yanglish o‘qiymiz-da,
«U bizni aldaydir», – deymiz».
R.Tagor
Tonglarning sirlari to‘rni keng yoyganda
Biz g‘ofil, uyquning qa’rida qolamiz.
To‘lgan oy ko‘klarda suzilib borganda
Biz qo‘pol, to‘nglikning qahrida qolamiz.
Yolg‘onlar, aldashlar boshlangan damlarda
Uyqumiz ochilib, borliqqa chiqamiz.
Bir zamon qilichlar hech turmas qinlarda…
Shul zamon biz hatto ko‘klarda uchamiz!
Derlarki: «Oylarning nurida vafo yo‘q!»
Demaslar ularki: «Ayb bizda, biz buzuq!»
Andijon. 1923, 23–sentyabr
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|