Galdir
Men dutor birlan tug‘ishgan ko‘hna bir devonaman,
Ul tug‘ishgonim bilan bir o‘tda doim yonaman.
Dillarida g‘am to‘la bechoralarga yorman,
Vaqti xush, g‘am ko‘rmaganlardan tamom bezorman.
Men dutorning har yeriga berkinib olsam agar,
Pardalarning har biri bergay bo‘lak g‘amdan xabar.
Pardalar uzra yurib turgan odam barmoqlari
Ko‘kragimni ko‘p bosar, shundan bo‘lar tolmoqlari.
Ikki torni qaqshatib barmoqlar o‘tsa to‘xtamay,
G‘amli un chiqmas o‘shal torlarda «galdir» yig‘lamay.
Ahli g‘amlar men kabi majnunsifat galdir bo‘lar,
Shul sababdan bandaning nomini «galdir» qo‘ydilar…
Yo‘q ishim hokim, amaldor, shoh-u xoqonlar bilan,
Birgadurman doimo hamdard bo‘lg‘onlar bilan!..
Andijon. 1925, 26–mart
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|