General Fun Kaufmanning xitobnomasi

General Fun Kaufmanning xitobnomasi (1926)
by Hoji Muin
334438General Fun Kaufmanning xitobnomasi1926Hoji Muin

Bu kunlarda Turkistonning «fotihi» bo‘lg‘on general Fun Kaufmanning Samarqand shahrini olg‘ondan keyin xalqni tinchliqqa da’vat qilib yozg‘on bir xitobnomasining asli nusxasi qo‘limizga tushdi.

1868 yil 2 may (yangi xisob bilan 18 mayda) Fun Kaufman amir Muzaffar askari bilan urushib, Samarqandni olg‘och, so‘ngra Samarqand arkida bir muncha askarni quvib, o‘zi qo‘shini bilan Katgaqo‘rg‘on va Panjshanbi tomong‘a yurish etadir. Shu chog‘da amirning o‘g‘li G‘uzor hokimi Abdumalik to‘ra Shaxrisabz va Kitob xalqi bilan birlashib, Samarqand qal’asini bir necha kun muxosara etdi, yana amirning bir turli tadbiri bilan tarqalishdilar.

Shu orada general Fun Kaufman amirning qo‘shinig‘a g‘alaba qilib, uni sulhga majbur etadir (2 iyun, 1968 yil). Fun Kaufman qoloma askari bilan qaytib kelib, Samarqand xalqini qatli om qilg‘ondan so‘ng, qonli qo‘li bilan shu xitobnomasini yozib, Samarqand xalqini tinchliqqa chaqirdi (faqat imzosi o‘zgartirildi).

«Turkiston jeneral gubernatori barchani ogoh bo‘lmoq uchun ma’lum qiladur. Podshoh imperatorga tobe yurt ichinda davom-tartib va osoyishtaliqni tushurmay ushlab turmoqni va hamsoyalar bilan totuvliq va oshnoliq qilib turmoqni manim davlatxohim manga buyruq qilib edi. Janobi oliy Buxoro Amiri oq podshohning xayrliq niyatiga ko‘b vakt inobat qilmadi. Totuvliq haqinda ixlosi ishondirg‘animg‘a shubha qilib, Buxorb viloyatig‘a foydali menim yuborgan ahtsnomamga ko‘nmadi. Totuvliq qilmoq uchun O‘rusiya yerining chetidan askarlarim bilan ko‘tarilib chiqmoqqa teyishli bo‘ldi.

Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni olg‘onimdan so‘ng, necha marotaba Buxoro askarlari ustidan g‘alaba bo‘lg‘andan so‘ng, oxir Amir ko‘rdiki, o‘rus bilan sug‘ush qilmoq Buxoro halokligiga boradir. Uz foydasi uchun va Buxoro xalqining xayriyatligi uchun O‘rusiya bilan totuvliqda va oshnoliqda turmoq avloroqdir.

Ulug‘ imperatur hazratlari ixtiyori emdi bajo keltirildi, komil rozi bo‘lg‘onning rostlig‘ig‘a o‘z muhri bilan yuborilgan ahdnomani mahkam qilib O‘rusiya bilan yarash qildi. Mundan buyon O‘rusiya bilan Buxoroning sarhad yerlari budur:

Zarafshon dalasini Shahrisabz begiga tobe yerdan ajrataturg‘on tog‘ning usti bilan Zarafshon daryosig‘a qarab boraturg‘on tog‘lar bilan yondan so‘l, mag‘rib tarafi Kattaqo‘rg‘ondan Zarafshon daryosining dalasi orqali Oq tog‘ning ustini kesib o‘tib, sarhadi mag‘rib tarafi Nurota qo‘rg‘onini Buxoro viloyatig‘a qoldirub, Nurota tog‘ining baland tepasi bilan yurur.

Ushbuni ulug‘ oq podshohning tobeida bo‘lg‘uvchilarning barchasig‘a ma’lum qilib amr qilaman: chet yerning bosmog‘idan qo‘rqmayincha, totuvliqda va tinchliqda turingizlar, o‘z ishlaringiz: dehqonchiliq va kasb-savdolaringizni qilingizlar. Tinchliqni buzg‘on oq podshohning dushmanlari, albatta, xalqning ham dushmanlari, shundayin odamlarni ushlab hokimingizga topshiringizlar, qonun bo‘yincha jazo berilmagi uchun.

Yozildi 21 saraton, 1868 yilda Samarqand shahrinda.

Turkiston general g‘ubernaturi adyutand Fun Kaufman muhrlarini bosdilar. Xitobnomaning ostida Fun Kaufmanning o‘zbekcha yozuvli muhri bor. Ichidagi xati shudir: «Turkiston general gubernaturi heneral-adyutand Fun Kaufman».

Bu xitobnomaning til jihatdan ham ahamiyati yo‘q emas. Xitobnomada «genaral» so‘zi uch o‘rinda uch turli yozilg‘on. Bunda totor tilining ta’siri borlig‘i ham ko‘rinadir. Chunki rus askari ichida totor bo‘lg‘onidek, askar boshliqlari huzurida totordan tilmochlar ham bor edi.

«Maorif va o‘qutg‘uvchi» jurnali, 1926 yil, 1-son


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"