Goʻzal Turkiston
Goʻzal Turkiston senga ne boʻldi?
Sahar vaqtida gullaring soʻldi,
Chamanlar barbod qushlar ham faryod
Hammasi mahzun boʻlmas mi dilshod?
Bilmam nechun qushlar uchmas bagʻchalaringda?
Birligʻimizning tabranmas tagʻi
Umidimizning soʻnmas chirogʻi
Birlash ey xalqim kelgandir chogʻi,
Bazansin imdi Turkiston bogʻi.
Qoʻzgʻal xalqim yatar shuncha javru jafolar.
Ol bayrogʻingni qalbing oʻygʻansin,
Qullik asorat barchasi yonsin,
Qur yangi davlat yovlar oʻrtansin,
Oʻsib Turkiston qadding koʻtarsin
Yayrab yashnab oʻz vataning gul bagʻlarida
1922 yil.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|