Gul yuzungga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido...

Gul yuzungga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido...
by Muhammad Rahimxon Feruz
332681Gul yuzungga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido...Muhammad Rahimxon Feruz

Gul yuzungga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido,
Sarvi ozodingg‘a qumridek xush alhonim fido.

Xirmani guldek bo‘lub kirgil quchog‘im ichrakim,
Gul kibi islab yuzung, aylay sanga jonim fido.

Vah, nechuk kofirdurur ikki ko‘zingkim, bir qiyo
Holima boqmas ham etsam naqdi imonim fido.

Goh-gohi man sori qo‘ygil qadamkim, aylayin
Maqdaming gardig‘a jon, ey ko‘nglum olg‘onim, fido.

Ey parivash kulbamg‘a eldin nihonu oshkor
Kelki, to aylay sanga paydoyu pihonim fido.

Chashmi umidim yor o‘lg‘il mehrdek yuz birlakim,
Bahri kon etsun sanga chashmi durafshonim fido.

Baxti Feruz ila gar topsam visoling davlatin,
So‘z durrin bazmingda aylay, ey suxandonim, fido.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse