Gulo, ovorai har du jahon qilding, o‘zing qilding...

Gulo, ovorai har du jahon qilding, o‘zing qilding...
by G‘urbat
333476Gulo, ovorai har du jahon qilding, o‘zing qilding...G‘urbat

Gulo, ovorai har du jahon qilding, o‘zing qilding,
Niholi qomatimni notavon qilding, o‘zing qilding.

Ko‘ngul mulkin sitam birla ziroatgohi g‘am aylab,
Yuzimni xalq ichinda za’faron qilding, o‘zing qilding.

Tag‘ofil domanin mahkam tutib ahvolima boqmay,
Ko‘zim ashkini payvasta ravon qilding, o‘zing qilding.

Zamirim arziga har kun sochib javru jafo tuxmin,
Xaloyiq oldida sho‘ri zamon qilding, o‘zing qilding.

Shahid etmoq uchun dilbar boqib vahshat bilan doim,
Ko‘zing bedodidin bexonumon qilding, o‘zing qilding.

Guli maqsad misoli g‘unchadek hargiz ochilmaydur,
Itob aylab ki sen ko‘ksumni qon qilding, o‘zing qilding.

Fano aylab nigor umrim bahorini nafas o‘tmay,
Gulistoni maoshimni xazon qilding, o‘zing qilding,

Jahon mulkig‘a G‘urbatni adamdin kelturub mundog‘,
Yana xoki mazallatga nihon qilding, o‘zing qilding.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.