Holim tabib anglagach avq bedavo demish...

Holim tabib anglagach avq bedavo demish...
by Miriy
333451Holim tabib anglagach avq bedavo demish...Miriy

Holim tabib anglagach avq bedavo demish,
Bedard dilrabo g‘amiga mubtalo demish.

Bedard dilrabo g‘amidin to‘ksa qon ko‘zung,
Qon demagil, suluki rizo to‘tiyo demish.

Jismimg‘a novaking yetushurda fig‘on chekar,
Ul novakingni shavqida jon marhabo demish.

Yo qildi qomatimni desam sarv qomating
Qoshimg‘a sadqa yo qading ul qoshi yo demish.

Jodu ko‘zungni fitnasidur jong‘a yuz balo,
Desam, ko‘zumni kipriki yuz ming balo demish.

Oldi qarorim oqu qaro xolu orazing,
Ori parig‘a uchrag‘on oqu qaro demish,

Miriyni shavq dashtida qilg‘il sag‘onasin,
Bu dashtni o‘ziga magar Karbalo demish.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse