Ichki hislar ostida...
(Tansa kechasida qog‘ozdan gul sotib yurgan bir qizga)
Hoy tutash, ko‘p chopdingiz… bizlar tutashdik siz uchun!
Bir kulish, bir jilmayish ortiqmi dersiz biz uchun?
To‘ldi ko‘krakka bu tun gullar, chechaklar, lolalar,
Siz qadab qo‘ymasangiz, bir pulga turmaydir ular…
Jingalak sochlar bilan ko‘z o‘ynatib, gul sanchdingiz,
Oh, faqat, dilda muhabbatdan jarohat ochdingiz!
Gul-chechak ham lolalar bag‘rimda so‘lgay tezgina,
Ko‘p zamon yashnab yurarsiz ko‘p ko‘ngilda sizgina…
Biz faqir… ko‘p aqcha yo‘q… topganni soldik xaltaga,
Har o‘tish, har bir ko‘rish chog‘ida achchiq – bu nega?
Tubda biz munday o‘yinlardan taqir tot olmadik,
Boshqalarday chopchishib, masrur bo‘lib o‘ynolmadik…
Bu kecha ko‘rdik faqat sizni – yurak bir o‘ynadi!
Yozmas erdim, afv etarsiz – ichki hislar qo‘ymadi!
Toshkent. 1923, 13–aprel
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|