Idoraga maktub: No‘shiravon afandi haqinda
Marhum No‘shiravon afandi o‘lgandan so‘ng “Ulug‘ Turkiston” g‘azitasinda andan qolg‘an narsalar haqinda har kim ma’lumot bermakka boshlag‘an edi. Men ham o‘zimdagi narsalar haqinda yozib bildirmakchi bo‘ldim.
Ma’lumdirkim, marhum Turkiston Chini sayohatig‘a to‘qtalg‘an “Sadoi Turkiston” g‘azitasining muxbir ham vakili sifati ila ketgan edi. Yo‘ldan “Sado”g‘a ikki kitob yuborgan edi. Birisi: buyuk turk shoiri Amir Navoiyning bosilmag‘an bir asariki, uning millatga qoldirg‘an vaqflari haqida “Vaqfnoma” deb ayturlik bir narsadir. Ul asar Navoiyning o‘z asridagi “ro‘mantizm” ruhinda har turli bo‘yov bilan bo‘yalub yozilg‘an (ya’ni arabiy-forsiy so‘zlarning bozori.). Marhum uni asl nusxasindan o‘zimizning 6 nchi no‘mirlik rusiy kog‘azga ko‘churgan (aslini ololmag‘an bo‘lsa kerak), ikkinchi sahifasinda marhumning o‘z qo‘li bilan kim nimalar yozilg‘an edi, hozir xotirimda bo‘lmasa-da, har holda asarning ismi haqindan bo‘lsa kerak, yaxshigina adabiy bir narsa edi.
Ikkinchisi: forsiy yozilgan “Jangnoma” (urush hikoyasi) bo‘lub, yaxshi musulmon kog‘aziga g‘oyat go‘zal bir qalam ila yozilg‘an nazm edi.
Birinchi asar hozir o‘z qo‘limda emas. Xo‘qandda bir birodarim Yunusjon Og‘aliq janoblarindadir.
2 nchisi o‘zimda, ammo 20-30 ming chaqirimliq yerda; salomatmi? Yo‘qmi? Bilmayman. Agar menim kitoblar qo‘yg‘an yerimga “qahramon” armanilar “qizil lenta”lar bog‘lab kirgan bo‘lsalar, ehtimoldirki, asar marhum No‘shiravon afandining yoniga ketgan bo‘lsa…
Salomat bo‘lg‘an taqdirda vaqti ila tobshururman.
Andijon, “Teshaboy”
“Mehnatkashlar o‘qi” gazetasi,
1917-yil, 11-iyun, №1.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|