Ikkinchi Luzon arafasida

Ikkinchi Luzon arafasida (1923)
by Abdulhamid Choʻlpon
335310Ikkinchi Luzon arafasida1923Abdulhamid Choʻlpon

Erta-indin Luzon konferensiyasi qaytadan ochiladir. Bu ilgarigi Luzonning davomi emas, o‘z boshig‘a yangi bir Luzondir, deb tushunsak to‘g‘riroq bo‘lur. Negakim, bu safargi Luzonning ruhi burung‘isidan xiyla boshqadir.

O‘tgan Luzonda sho‘rolar Rusiyasining vakillar hay’ati hozir bo‘lg‘an va bu hol har tomondan katta shovqunlar chiqishig‘a sabab bo‘lg‘an edi. Yaqin Sharq va ayniqsa bo‘g‘ozlar masalasiga sho‘rolar Rusiyasining qarashi bilan yurilgan vaqtda Luzon «kengashchilar» bir seskanishib olg‘an edilar. Endi bu safargi Luzonda hali rusiya vakillari yo‘q. Bu to‘g‘rida na gazetalarda va na teleg‘romlarda hech narsa ko‘rulmadi. Bu bir.

Ikkinchi tomondan Rur masalasi uzul-kesil shuning bilan birga nozik va yomon bir yo‘lg‘a kirib ketib davlatlar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni chayqalashtirib yubordi. Angliya bilan Fransiya o‘rtasida yasama bo‘lsa ham ochiq bir samimiyat yo‘q. Undan keyin birinchi Luzon bilan manavi ikkinchi Luzon orasida o‘tgan uzung‘ina muddat orasida «Osiy turklar»ga qarshi birorta yunong‘a o‘xshag‘an axmoq ko‘mak hozirlanmadi, to‘g‘risi – hozirlamoq mumkin bo‘lmadi. Marij bo‘yiga 80 000 qo‘shun to‘plab qo‘yip «buyruq» berishkagina qarab qolg‘an Yunoniston xo‘jayinlaridan ko‘ngli to‘lmadi shekillik achchig‘ig‘a chiday olmasdan g‘arbiy …..dagi bo‘lg‘an xalqini siqib-ezishga kirishdi. Boshqa ishga yaray olmadi.

Anqaraning o‘z ichidan chiqishi kutulgan «ko‘ngilsizlik» (nepriyatnost)lar ham haligi chiqqani yo‘q. Turkiyani zaiflikka, bo‘shashishliqqa ketib borg‘anini ko‘rsataturg‘an biror alomat va ishorat yo‘q. Bo‘lsheviklar rusiyasi bilan bo‘lg‘an do‘stliq aloqasi ham uzilgani yoki hech bo‘lmasa buzulg‘ani yo‘q. O‘zimizdagi iqtisod konferensiyasida «Osiy turklar» sho‘rolar vakilini qattig‘ olqish bilan qarshi oldilar. O‘rtoq Lenin kasal bo‘lg‘anda Turkiya sarkardalari salomatlik tilab teleg‘rom yuboralar. …. ham kasal. Unga hali na xabar, na teleg‘rom yuborilmadilar.

Uchinchi yoqdan Turkiya hukumati Amerqoning «Chistir» shirkatiga bir muncha imtiyozlar bermak bilan Luzonda ittifoqchilarg‘a qarshi kuchlik va boy bir raqib hozirlab qo‘ydi. Turkiya hukumati «Chistir» shirkatiga imtiyoz beraturg‘an bo‘lsa Omeriqo unga Luzonda siyosiy yordam va’da qiladir degan bir xabarni gazetalarda o‘qub edik. 19 aprelda chiqqan gazetamizda «Ameriqo tomonidan Luzong‘a vakil qilib Chaul va admiral Pristul degan kishilarning belgilanganliklari» xabar berilgan edi. 20 apreldag‘i sonida esa: «ul Omeriqo vakilining Luzong‘a borishdan maqsadi – shirkatning olg‘an imtiyozlarini mudofaa qilmoq» bo‘lg‘anini xabar berdik. Demak berilgan imtiyozlarning muhim bir qismi – asl Turkiyaniki bo‘lub-da hozir Angliya qo‘lida turg‘an Musl viloyatida bo‘lg‘an uchun rasman imtiyozlarni mudofag‘a qolg‘an Omeriqo haqiqatda Turkiyani mudofaa qilg‘an bo‘lib chiqadir. Bu ish Angliya bilan Fransiyaning haddan tashqari o‘sub ketgan g‘ururlarig‘a katta bir zarba bo‘lib ularni bir muncha yumshatsa ehtimoldir.

To‘rtinchi tomondan Lo‘zong‘a boraturg‘an Turkiya vakillari hay’ati-ning boshig‘a siyosatda bir oz bo‘shanglig‘i ko‘rulgan Ismat poshsho o‘rniga bu safar do‘qtur Rizo Nuribek qo‘yilg‘andirkim bu-da Turkiyaning Luzondag‘i mavqei bu safar boshqacha bo‘lishini ko‘rsatadir.

Bularning ustiga Sulaymoniya voqeasi munosabati bilan yozg‘an maqolasida hozirg‘i vaziyatga juda opg‘aliq (hushdorliq) bilan qarag‘an Onato‘lidag‘i «Yangi kun» gazetasining fikrini qo‘shsaq bu kungi Turkiyaning Luzondag‘i mavqei va umuman yangi Luzonning umumiy shakli bizga ochig‘roq ko‘rulgan bo‘ladir.

«Yangi kun» yozg‘an edi:

«Bir tomondan Lo‘zon konferensiya»siga vakillarimizni yuborib qo‘yib ikkinchi tomondan tinch xalqimizni urdirishg‘a yo‘l qo‘ya olmaymiz. Qo‘shunimiz qurol ostida: Muslni yodimizdan chiqarg‘animiz yo‘q.

Q

«Turkiston» gazetasi 1923-yil 22-aprel.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"