Inoyat chog‘i bizga do‘st istig‘noi nozin ko‘r...

Inoyat chog‘i bizga do‘st istig‘noi nozin ko‘r...
by Ravnaq Pahlavonquli
333177Inoyat chog‘i bizga do‘st istig‘noi nozin ko‘r...Ravnaq Pahlavonquli

Inoyat chog‘i bizga do‘st istig‘noi nozin ko‘r,
Vale bir necha dunlarg‘a oni nazru niyozin ko‘r.

Qo‘yib davrida yuz baxshoyishidin shodlig‘ elg‘a,
Va lekin biz tarafg‘a lashkari g‘am turkitozin ko‘r.

To‘la aylab diramdin barcha dunlar jaybu domonin,
Qoshida benavolarning tihi dasti niyozin ko‘r.

Bizingdek notavon ushshoqni ko‘yig‘a yovutmay,
Taqarrub bazmig‘a mahram raqibi hiylasozin ko‘r.

Aziz aylar arozilni, xor aylar aziz elni,
Sipehri siflaparvarning bu bir aks imtiyozni ko‘r.

Ne afsungardururkim elga ko‘rguzmay vafo oxir,
Baqosiz dahri foniyning arusi hiylabozin ko‘r.

Falak davronida Ravnaq murodi bo‘lmayin hosil,
Hamisha baxti nofarjomdin so‘zu gudozin ko‘r.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.