Ishni bitirmay, ey inim, ayshu ishratlar abas...
Ishni bitirmay, ey inim, ayshu ishratlar abas,
Odating mahmillig‘ ersa, bu maishatlar abas.
Topmayin maqsad bu koringdin na lozim shodlir,
Bu zamonda haqdin o‘zga do‘stu ulfatlar abas.
E’tiqodim erdi kun-kundin ziyodakim senga,
O‘qimoqg‘a rog‘ib erding, o‘zga niyatlar abas.
Lekin emdi mastu beparvolig‘ing qo‘yg‘il yana,
Yo‘qsa bu savlatu siyrat, xo‘b suratlar abas.
Etsa molim, yetmasa jonim, degan olim bo‘lur,
Behuda nokaslara yo‘qsa bu himmatlar abas.
Qudrating yetgancha haq deb, tush ilm ko‘yigakim,
Sa’y qilding necha kun to bo‘ldi mehnatlar abas…
Yurmagil bedardlar birla bas emdi or qil,
Katta bo‘lg‘andin so‘ng etgan jumla g‘ayratlar abas.
Gila qilma bu Faqir o‘rtanganidin qildi nazm,
Bizga yo‘qsa bu fazoyil ushbu shuhratlar abas.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|