Ishq
(Usmonlicha)
Ilk evvel goʻzimi ishq ila ochdim,
Ishqing meydanina qanimi sachdim.
Ishqsiz oʻlkalerden u endi qochdim,
Ne zamon bogʻladim zunnore ishqi.
Ishq deya ayrildim dindan, imandan,
Anglamam hech bir sey joy insof, vijdondan.
Ishka sajda etdim, boʻldim u ondan,
Ne zamon qatl etdim kuffor-i ishqi.
Jannat benim uchun quruq sahrodir,
Ishqning sahrosi, kim banga maʼvodir.
Aksini sen banga ne qadar qondir.
Qonmam, chunki bildim gulzor-i ishqi.
Ishqing meydoninda bir pexlivanim,
Bir maxshar qoʻparur har damda qonim,
Na buyuk benim, baq, ishqqa imonim,
Yera diz choʻtirdim jabbar-i ishq.
Ben ishqing mulkiga yagona hoqon,
Banga boʻyin egar bil jumla-i sulton.
Inanir oʻrduma shuyla bir boqqan,
Koʻr nija saf bista ashkor ishqi.
Soʻylarkan dillarim na yomon,
Yozarkan qalamim na hazin agʻlar,
Soddadil bunlardan na maʼni anglar,
Bilmas kuch oʻldugʻi is’hor-i ishqi.
1922 yil.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|